Bugun 19 iyun, 2025 yil, payshanba

КИР

Putin: «Ukraina Vashington ko‘rsatmasi bilan Rossiya bilan muzokara qilishdan bosh tortdi»

A A A
Putin: «Ukraina Vashington ko‘rsatmasi bilan Rossiya bilan muzokara qilishdan bosh tortdi»

“Ukraina rahbariyati Vashington ko‘rsatmasi bilan Rossiya bilan muzokara qilishdan bosh tortdi'.

Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin amerikalik jurnalist Taker Karlsonga bergan intervyusida aytib o‘tdi, deb yozadi «Report».

Uning ta’kidlashicha, agar Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ma’muriyati muzokaralardan bosh tortsa, bu Vashingtonning ko‘rsatmasi bilan qilingan bo‘lishi mumkin.

Putin AQSh ma’muriyatini agar noto‘g‘ri deb hisoblasa, bu qarordan voz kechishga va hech kimga zarar keltirmaydigan boshqa yechim topishga chaqirdi.

«Bu noto‘g‘ri qarorni Kreml emas, Oq uy qabul qilgan, shuning uchun ular undan voz kechishlari kerak. Amerika rasmiylari xatolari uchun javobgar va ular bu vaziyatdan chiqish yo‘lini topishlari kerak».

Kiritildi: 08:10 09.02.2024. O'qildi: 1920 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!