Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Putin Ukraina bilan "oqilona murosaga" tayyorligini ma’lum qildi

A A A
Putin Ukraina bilan "oqilona murosaga" tayyorligini ma’lum qildi

Rossiya hech qachon Ukraina bilan muzokaralardan bosh tortmagan va “oqilona murosaga” tayyor. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin “Rossiya 1” telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

"Biz murosalarni izlashga tayyormiz, bu oqilona murosaga tayyormiz. Ammo hozir tafsilotlarga to‘xtalib o‘tmoqchi emasman, chunki mazmunli muzokaralar yo‘q, ikkinchi tomon esa buni rad etadi”, — dedi Putin.

Rossiya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, turk hamkorlari “Ukraina tomonining ayrim tashabbuslari bo‘yicha” Rossiya Federasiyasiga bir necha bor takliflar bilan chiqishgan.

“Ammo biz kelishib olganimizda, Ukraina tomoni allaqachon rad javobini bergani ma’lum bo‘ldi. Bu ikki marta sodir bo‘ldi”, deb tushuntirdi Putin.

Kiritildi: 10:06 26.10.2024. O'qildi: 948 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!