Bugun 25 oktyabr, 2024 yil, juma

КИР

Putin sobiq bosh vazirning jiyani va o‘g‘lini mudofaa vaziri o‘rinbosari etib tayinladi

Putin sobiq bosh vazirning jiyani va o‘g‘lini mudofaa vaziri o‘rinbosari etib tayinladi

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning e’lon qilingan farmoniga ko‘ra, avvalroq moliya vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Leonid Gornin mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari bo‘ldi.

Anna Tsivileva va Pavel Fradkov ham mudofaa vaziri o‘rinbosarlari etib tayinlandi.

Anna Tsivileva Energetika vazirligi rahbari Sergey Tsivilevning rafiqasi bo‘lib, u yaqin vaqtgacha Kuzbass rahbari lavozimini egallab kelgan. Bundan tashqari, Tsivileva Ukrainadagi harbiy amaliyotlar ishtirokchilarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining raisi va OAV xabarlariga ko‘ra , Vladimir Putinning amakivachchasi.

Pavel Fradkov sobiq hukumat rahbari va SVR direktori Mixail Fradkovning o‘g‘li. Pavel Fradkov prezident ma’muriyati rahbarining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Oleg Savelev mudofaa vaziri o‘rinbosari – departament apparati boshlig‘i etib tayinlandi.

Mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari Ruslan Tsalikov va vazir o‘rinbosarlari Nikolay Pankov va Tatyana Shevtsova ishdan bo‘shatildi.

May oyi o‘rtalarida Putin Sergey Shoygu o‘rniga iqtisodchi Belousovni Rossiya mudofaa vaziri etib tayinladi. Shu bilan birga, Shoygu Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi bo‘ldi.

Kiritildi: 10:22 18.06.2024. O'qildi: 1929 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!