Xitoy davlat ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, Prezident Si Szinpin rossiyalik hamkasbi va ittifoqchisi Vladimir Putinga hamkorlikni «kengaytirishga» tayyorligini aytgan.
Si shuningdek, o‘zining va Putinning so‘nggi yillarda «bir asr mobaynida ko‘rilmagan katta o‘zgarishlar sharoitida» aloqalarni mustahkamlash borasidagi sa’y-harakatlarini olqishladi.
«Ikki tomon o‘rtasidagi siyosiy o‘zaro ishonch chuqurlashishda davom etdi, amaliy hamkorlik ajoyib natijalarga erishdi», — dedi u.
Bu gaplar Xitoyda Kommunistik partiya hukmronligining 75 yilligi va undan so‘ng ikki tomonlama diplomatik aloqalar o‘rnatilganining nishonlanishi chog‘ida aytildi.
Sini yubiley bilan tabriklagan Putin, Rossiya Xitoy Xalq Respublikasini tan olgan birinchi davlat ekanini aytdi.
Si Putinning eng yaqin ittifoqchilaridan biri. 2022 yilda Pekin va Moskva Rossiya Ukrainaga keng miqyosli bostirib kirishi arafasida munosabatlarini «chegarasiz» deb ta’riflagan edi.
O‘shandan beri Xitoy G‘arb yetakchilari tomonidan bosimga uchragan va ular Si Szinpinni Ukrainadagi urushni tugatish uchun Putinga ta’sir o‘tkazishga undaydi.