Bugun 28 sentyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Putin Si Jinpin va Tramp bilan uchrashmoqchi

Putin Si Jinpin va Tramp bilan uchrashmoqchi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 18–19 noyabr kunlari Xitoyning Shenchjen shahrida o‘tadigan Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi (APEC) sammiti doirasida Xitoy rahbari Si Jinpin va AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashishi mumkin.

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning aytishicha, sammit uch davlat rahbari uchun uchrashishga yaxshi imkoniyat yaratadi. Muloqot uch tomonlama yoki alohida ikki tomonlama uchrashuvlar shaklida o‘tishi mumkin.

“Bu uch tomonlama uchrashuv bo‘ladimi yoki ikki tomonlama muloqotlar shaklida o‘tadimi — aytish qiyin”, — dedi Peskov.

Kiritildi: 20:01 27.09.2026. O'qildi: 775 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!