Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Putin Saudiya shahzodasi bilan neft bozorini muhokama qildi

Putin Saudiya shahzodasi bilan neft bozorini muhokama qildi

Vladimir Putin Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi, deya xabar berdi Kreml.

Davlat rahbari va uning hamkasbi jahon neft bozori barqarorligini ta’minlash maqsadida Moskva va Ar-Riyodning OPEK+ doirasidagi o‘zaro hamkorlik masalalarini muhokama qildi.

“Shuningdek, siyosiy, savdo-iqtisodiy va energetika sohalarida ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi”, — deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, 2022 yilning dekabr oyi oxirida bosh vazir o‘rinbosari Aleksandr Novak ta’kidlaganidek, OPEK+ning malakali harakatlari jahon neft bozoridagi vaziyatni muvozanatlashga yordam bergan edi. Alyans neft bozoridagi vaziyatni nazorat qilishda davom etmoqda.

Kiritildi: 23:20 30.01.2023. O'qildi: 2768 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!