Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakatning yadroviy quroldan tiyish sohasidagi davlat siyosati asoslarini tasdiqladi.
Rossiya OAVlariga tayanib xabar berishicha, u tegishli farmonni imzolagan.
Unda ta’kidlanishicha, Rossiyaning yadroviy quroldan tiyish sohasidagi davlat siyosati mudofaa xarakteriga ega.
Shu bilan birga, ta’kidlanishicha, "har qanday davlatning Rossiya yoki uning ittifoqchilariga qarshi harbiy koalisiya agressiyasi butun koalisiyaning tajovuzkorligi sifatida baholanadi".
Doktrinaga ko‘ra, yadro qurolidan foydalanish to‘g‘risidagi qarorni Rossiya Federasiyasi Prezidenti qabul qiladi.