Rossiya Falastindagi gumanitar falokatni alam va xavotir bilan kuzatib bormoqda. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Falastin yetakchisi Mahmud Abbos bilan uchrashuvda ma’lum qildi, deya xabar beradi «TASS» .
«Biz Falastinda yuz bergan gumanitar falokatni katta alam va xavotir bilan kuzatmoqdamiz. Biz Falastin xalqini qo‘llab-quvvatlash uchun hamma narsani qilamiz», — dedi Putin.