Rossiyaning strategik yadroviy kuchlarida zamonaviy qurollarning ulushi 95foizini tashkil etdi.
Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Mudofaa vazirligi hay’atining kengaytirilgan yig‘ilishida ma’lum qildi.
"Armiya va harbiy-dengiz floti jadal sur’atlar bilan zamonaviy qurol-yarog‘ va texnika bilan qayta ta’minlanmoqda, masalan, strategik yadroviy kuchlar tarkibida bunday qurollarning ulushi allaqachon 95 foizga yetdi", — dedi u.