Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Putin Rossiya bozorini tark etayotgan brendlarga "barchaga yaxshiliklarni tiladi"

A A A
Putin Rossiya bozorini tark etayotgan brendlarga "barchaga yaxshiliklarni tiladi"

Rossiyani tark etgan xorijiy brendlar zarar ko‘rdi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Strategik tashabbuslar agentligi kuzatuv kengashi yig‘ilishida ma’lum qildi.

Davlat rahbari vaziyatni izohlar ekan, mamlakatdan chiqib ketgan korxonalarga "barcha yaxshiliklarni" tiladi.

"Bugungi kunda ularning ko‘plari, o‘zingizga ma’lumki, o‘z hukumatlari bosimi ostida bozorimizni tark etishmoqda. Barchasiga yaxshiliklarni tilayman!" - dedi Rossiya prezidenti.

Rossiya Federasiyasi Prezidentining ishonchi komilki, mamlakat Rossiya tovarlari va xizmatlari milliy g‘ururga aylanishi uchun sharoit yarata oladi. Shuningdek, u bugungi kunda Rossiya texnologiya va malakalar manbai bo‘lishini ta’minlashga harakat qilish kerakligini ta’kidladi.

Kiritildi: 21:59 09.02.2023. O'qildi: 4048 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!