Bugun 14 noyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Putin Kursk viloyatini Trampning inaugurasiyasidan oldin nazoratga qaytarishni buyurdi

Putin Kursk viloyatini Trampning inaugurasiyasidan oldin nazoratga qaytarishni buyurdi

Putin Kursk viloyatini Trampning inaugurasiyasidan oldin nazoratga qaytarishni buyurdi. Bu haqda The Telegraph xabar berdi.

Rossiya prezidenti 2025 yil 20 yanvarda Donald Trampning AQShning 47-prezidenti sifatida inaugurasiyasi oldidan bir qismi Ukraina Qurolli kuchlari tomonidan bosib olingan Kursk viloyatini Rossiya nazoratiga qaytarmoqchi

"Yaqin kunlarda Rossiya chegara yaqinidagi yangi dron uchirish maydonchalaridan foydalangan holda dronlar yordamida Ukraina hududiga hujumlarni kuchaytirishi mumkin", deb yozadi gazeta.

Ukrainalik tahlilchilarning fikricha, Rossiya Ukraina bilan chegaradosh hudud – Sumi viloyatiga yorib kirish uchun Kursk viloyatidagi qarshi hujumdan foydalanishga harakat qilishi mumkin.

Avvalroq The New York Times gazetasi 50 ming kishilik Rossiya va Shimoliy Koreya qo‘shinlari Kursk viloyatida qarshi hujumga tayyorgarlik ko‘rayotgani haqida yozgan edi.

Kiritildi: 10:28 12.11.2024. O'qildi: 883 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!