Bugun 13 mart, 2025 yil, payshanba

КИР

Putin Kursk viloyatiga tashrif buyurdi

Putin Kursk viloyatiga tashrif buyurdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Kursk qo‘shinlari guruhi qo‘mondonlik punktlaridan birida yig‘ilish o‘tkazdi.

Bu haqda Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov jurnalistlarga ma’lum qildi.

Bu Ukraina qurolli kuchlari mintaqaga hujum qilganidan keyin davlat rahbarining Kursk viloyatiga ilk tashrifidir. Putin “Kursk” guruhi qo‘mondonlik punktiga harbiy formada tashrif buyurdi va Rossiya Qurolli kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i Valeriy Gerasimovning hisobotini tingladi.

Harbiylardan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, rus qo‘shinlari Kursk viloyatida muvaffaqiyatli oldinga siljimoqda, dedi Kreml 12-mart kuni Sudja markazi Rossiya armiyasi nazoratiga o‘tgani haqidagi xabarlarga izoh berib.

Chorshanba kuni Mudofaa vazirligi Kursk yo‘nalishidagi Kazachya Loknya, 1-Knyajiy, 2-Knyajiy, Zamoste va Mirniy aholi punktlarini nazoratga olgani haqida xabar berdi.

Rossiya Qurolli kuchlari Bosh shtabining xabar berishicha, oxirgi besh kun ichida Kursk viloyatida. 24 ta aholi punkti va 259 kvadrat kilometr maydon ozod qilindi.

Kiritildi: Bugun 13:43. O'qildi: 539 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!