Bugun 30 noyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Putin Kiyevni yangi raketa bilan tahdid qilmoqda

Putin Kiyevni yangi raketa bilan tahdid qilmoqda

Rossiya rahbarining ta’kidlashicha, agar Ukraina G‘arbning uzoq masofali qurollaridan foydalanishda davom etsa, yangi «Oreshnik» gipertovushli raketasi poytaxtni nishonga olishi mumkin.

Putin Kiyevga «Oreshnik» raketa zarbalari berilishidan ogohlantirdi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiyaning yangi o‘rta masofali «Oreshnik» raketasini Ukraina poytaxti Kiyevga qarshi ishlatish bilan tahdid qildi.

«Biz Oreshnikdan harbiy, harbiy-sanoat ob’ektlari yoki qaror qabul qilish markazlariga, jumladan, Kiyevga qarshi qo‘llanilishini istisno qilmaymiz», — dedi Putin Qozog‘iston poytaxti Ostonadagi matbuot anjumanida.

Kiyev kuchli havo mudofaasiga ega. Biroq Putinning ta’kidlashicha, Rossiya o‘tgan hafta Ukrainaning Dnepr shahrida birinchi marta qo‘llagan «Oreshnik»ni ushlab bo‘lmaydi. G‘arb ekspertlari bu da’voga shubha bilan qarashdi.

Putin, shuningdek, agar Kiyev yadroviy qurolga ega bo‘lsa, Rossiya Ukrainaga qarshi qo‘lidagi barcha qurollardan foydalanishini aytdi.

Kiritildi: 20:00 29.11.2024. O'qildi: 977 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!