Kiyev Vladimir Putin Istanbuldagi muzokaralarga kelsa, u bilan muzokaralarni taqiqlovchi hujjatlarga o‘zgartirish kiritishga tayyor.
Bu haqda Ukraina prezidenti devoni rahbarining maslahatchisi Mixail Podolyak ma’lum qildi.
"Agar Vladimir Putin Istanbuldagi muzokaralarga kelsa, Rossiya prezidenti bilan muzokaralarni taqiqlovchi ukrain hujjatlariga “huquqiy tuzatishlar” kiritiladi. Agar Putin Istanbulga kelmasa, pastroq darajadagi texnik uchrashuv o‘tkazilishi mumkin. Biroq bu uchrashuvda hech qanday muhim masalalar hal qilinmaydi", — deya izoh berdi Podolyak.