Bugun 19 iyun, 2025 yil, payshanba

КИР

Putin intervyusidan so‘ng AQSh matbuotida nimalar deyildi?

A A A
Putin intervyusidan so‘ng AQSh matbuotida nimalar deyildi?

“Washington Post” gazetasining yozishicha, bu intervyu Vladimir Putin va Tuker Karlson uchun katta yutuq bo‘lishi mumkin edi. Ayniqsa, bu Rossiya prezidentining Ukrainaga bo‘lgan ziddiyatini oqlash, Karlson uchun esa “Fox News”dan ishdan bo‘shatilganidan keyin yana bir bor o‘zini namoyish qilish uchun imkoniyat edi.

Aslida, Karlson “Fox News” telekanalidagi shoularda “jangovar suhbatlar ustasi” bo‘lgan, ammo ushbu intervyu Putinning “Rossiya va Ukraina tarixining zerikarli hikoyasi” bilan aralashib ketdi. Shuningdek, muxbir Rossiya rahbariga bir qancha muhim mavzular, xususan, Rossiyaning Ukrainadagi harbiy harakatlaridan tortib, Putinning ichki muxoliflarga qarshi hujumlarigacha bo‘lgan mavzular haqida so‘ray olmadi.

“New York Times” tahliliga ko‘ra, ikki soatlik intervyu “aniq va ta’sirchan suhbat bo‘lmagan”.

– Karlson janoblari Putinning 832 yilga borib taqaladigan Rossiya va Ukraina tarixi haqidagi yarim soatlik ma’ruzasini jimgina kuzatib o‘tirdi va ayrim savollar berib, Rossiya prezidentining G‘arbga nisbatan noroziliklarini tingladi, -deb yozadi Piter Beyker ushbu suhbatga munosabat bildirib. – Shuningdek, Karlson prezident Putinga bir yil avval Rossiyada josuslikda ayblanib hibsga olingan “Wall Street Journal” muxbiri Evan Gershkovich masalasida ham savol berdi. Shunisi qiziqki, Karlson janoblari Rossiya rahbarining ayrim fikrlariga zo‘rg‘a qarshi chiqa oldi.

Kiritildi: 10:26 09.02.2024. O'qildi: 20428 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!