Bugun 19 yanvar, 2026 yil, dushanba

КИР

Putin G‘azoni tiklash bilan shug‘ullanadigan “Tinchlik kengashi”ga taklif etildi

Putin G‘azoni tiklash bilan shug‘ullanadigan “Tinchlik kengashi”ga taklif etildi

Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi, deb yozmoqda The Insider.

Peskovning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya tomoni taklifni o‘rganmoqda va barcha masalalarga oydinlik kiritish uchun AQSh bilan tafsilotlarni aniqlashtirishni rejalashtirmoqda.

Avvalroq Bloomberg, Donald Tramp “Tinchlik kengashi”da doimiy o‘rin olishni istagan davlatlar kamida 1 milliard dollar miqdorida badal kiritishi kerakligini taklif qilgani haqda xabar bergan edi. Agentlik tanishib chiqqan kengash nizomi loyihasiga ko‘ra, unda ishtirok etishga kimlar taklif etilishini Tramp shaxsan hal qiladi.

Kiritildi: Bugun 15:35. O'qildi: 447 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!