Bugun 23 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Putin G‘arbni «geosiyosiy ochko‘zlikda» aybladi

A A A
Putin G‘arbni «geosiyosiy ochko‘zlikda» aybladi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Valday klubi yig‘ilishida G‘arb sivilizasiyasini dushman sifatida qabul qilmasligini aytdi, lekin uning «monopoliyasi» tugashini bashorat qildi.

«Bu erda hech qanday illyuziya bo‘lishi mumkin emas. Monopoliya har doim zararli narsa, hatto monopolistlarning o‘zlari uchun ham», — deya Putinning so‘zlarini keltiradi RBK agentligi.

Rossiya Federasiyasi Prezidenti, shuningdek, G‘arbni «geosiyosiy ochko‘zlik»da va hozirgi barcha mojarolarga aloqadorlikda aybladi.

«G‘arbning <...> o‘zi uchun dunyoni o‘zgartirishga kirishishi, uning uyatsiz va misli ko‘rilmagan geosiyosiy ochko‘zligi - bu bizning tarixiy davrimizdagi to‘qnashuvlarning haqiqiy manbalaridir», dedi u.

«O‘zining jazosizligi va eksklyuzivligiga bo‘lgan bunday ko‘r-ko‘rona ishonch dunyo fojiasiga aylanishi mumkin», deya qo‘shimcha qildi Putin va «bunday qurol egalari klubi» (yadro - tahr.) tobora kuchayib borayotganini ta’kidladi.

Shu bilan birga, Putin Rossiya G‘arb sivilizasiyasini dushman sifatida qabul qilmasligini va «biz bilan bo‘lmasa, bizga qarshi» siyosatini qo‘llab-quvvatlamasligini ta’kidlab, mamlakat «xilma-xillik ortib borayotganini» olqishlashini qo‘shimcha qildi.

Kiritildi: 13:50 08.11.2024. O'qildi: 1135 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!