Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov Putin murojaatni nafaqat amaldagi davlat rahbari, balki prezidentlikka nomzod sifatida ham e’lon qilishini ma’lum qilgandi.
Rossiya prezidentining Federal Kengashga murojaatidan asosiy iqtiboslar:
◾️G‘arb o‘zining noto‘g‘ri hisob-kitoblari bilan ko‘p millatli xalqimizning qat’iyatiga duch keldi;
◾️Butun Rossiya iqtisodiyoti "Maxsus harbiy operasiya" davomida moslashuvchanlik va barqarorlikni namoyish etdi;
◾️ Donbassda bu urushni biz boshlamadik, lekin uni tugatish, nasizmni yo‘q qilish uchun hamma narsani qilamiz;
◾️ Armiyada muammolar bor, lekin ularni qanday hal qilish kerakligi haqida tushunchamiz mavjud, frontda va front ortida sa’y-harakatlar uzluksiz davom etadi;
◾️ Rossiya Federasiyasining strategik yadroviy kuchlari to‘liq shay holatda;
◾️ "Sirkon" gipertovushli kompleksi allaqachon janglarda foydalanilmoqda;
◾️ G‘arb yolg‘on gapirishda davom etmoqda. Ular "Rossiya go‘yoki Yevropaga hujum qiladi", deya da’vo qilmoqda, bu bema’nilik;
◾️ Bizda ularning hududidagi nishonlarga zarba bera oladigan qurollar bor.