Rossiya prezidenti Vladimir Putin Yevropa avtomobil sanoati chuqur inqirozni boshdan kechirayotganini ta’kidladi.
U bu haqda "Valday" xalqaro munozara klubining XXIII yillik yig‘ilishi yalpi majlisida gapirdi.
"Evropaning avtomobil sanoati qayerda? Korxonalar yopilyapti. Tez orada hammamiz Xitoy mashinalarida yuradigan bo‘lamiz. Bu yaxshimi yoki yomonmi — bilmayman, ammo ular arzon va sifatli", — dedi Putin.
Shuningdek, Putin Moskva Yevropa Ittifoqining parchalanishiga intilayotgani yo‘qligini bildirdi.