Rossiya prezidenti Vladimir Putin Eron prezidenti Masud Pezeshkiyon bilan telefon orqali suhbatda aprel oyi oxirida Shaxid-Rajoiy portda sodir bo‘lgan portlash oqibatida halok bo‘lganlar munosabati bilan hamdardlik bildirdi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar berdi.
“O‘z navbatida, Pezeshkion Rossiya tomoniga ushbu falokat oqibatlarini bartaraf etishda ko‘rsatilgan tezkor yordam uchun minnatdorlik bildirdi”, — deyiladi rasmiy bayonotda.