Bugun 18 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Putin Erdo‘g‘ondan "yaxshigina turkcha sovg‘a" oldi

A A A
Putin Erdo‘g‘ondan "yaxshigina turkcha sovg‘a" oldi

Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakovning aytishicha, Turkiya rahbari Rejep Tayyip Erdo‘g‘on Vladimir Putinga tug‘ilgan kuniga ataylab sovg‘a yuborgan. Uning so‘zlarini RIA Novosti keltiradi.

Ushakovning so‘zlariga ko‘ra, Erdo‘g‘an ikki yetakchining kechagi suhbati oldidan ataylab sovg‘a yuborgan. Putinning yordamchisi tafsilotlarga kirmadi, lekin bu "yaxshi turk sovg‘asi" ekanini ta’kidladi.

Shuningdek, Putinga sovg‘a davlat xizmatchilari uchun ruxsat etilgan uch ming rubl doirasida bo‘lganmi, degan savolga javob berar ekan, Ushakov bu "bir oz ko‘proq" turishini hazillashdi.

Kiritildi: 17:12 08.10.2024. O'qildi: 4547 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!