BRIKS yetakchilari navbatdan tashqari onlayn sammitda jahon iqtisodiyotidagi hozirgi vaziyatni hisobga olgan holda savdo-iqtisodiy va boshqa sohalardagi hamkorlikni muhokama qildilar, deb xabar berdi Kreml.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Braziliya rahbari Luis Inasiu Lula da Silva tashabbusi bilan Amerika yetakchisi Donald Trampning savdo siyosatini muhokama qilish uchun chaqirilgan BRIKS onlayn sammitiga qatnashmoqda deya xabar berdi.
"Jahon iqtisodiyotidagi hozirgi vaziyatni hisobga olgan holda BRIKSga a’zo mamlakatlarning savdo-iqtisodiy, moliyaviy, investitsiyaviy va boshqa sohalardagi hamkorligi masalalari muhokama qilindi," - deyiladi Kremlning Telegram-kanalida.
Majlisda ko‘tarilgan asosiy masalalar:
XXR raisi Si Szinpin BRICS mamlakatlarini "ayrim davlatlar" tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan savdo urushlari fonida ko‘p qutblilikni birgalikda himoya qilishga chaqirdi.
Braziliya prezidenti Ukraina mojarosini hal etishda har ikki tomonning xavfsizlik manfaatlarini inobatga olish kerakligini aytdi.
"BRICS o‘zaro hurmat tamoyillari asosida konstruktiv hamkorlikni izchil ilgari surmoqda", - dedi Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisi majlis davomida.