Bugun 20 may, 2025 yil, seshanba

КИР

Putin bilan uchrashuv haqida Trampdan kutilmagan bayonot!

Putin bilan uchrashuv haqida Trampdan kutilmagan bayonot!

AQSh prezidenti Donald Tramp may oyi o‘rtalarida Saudiya Arabistonida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashishini kutmayotganini ma’lum qildi, deb yozadi Bloomberg.

Shu bilan birga, Amerika yetakchisi tomonlar "juda yaxshi" muzokaralar olib borayotganini ta’kidladi.

Aprel oxirida Tramp 13-16 may kunlari Saudiya Arabistoniga amalga oshiradigan safaridan keyin Rossiya prezidenti bilan uchrashishga ruxsat bergandi.

May oyi boshida Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya va AQSh prezidentlarining uchrashuvi "zarur" va "tegishli tarzda tayyorlanishi" kerakligini aytgan edi. "Bu (uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rish) turli darajadagi ekspert sa’y-harakatlarini talab qiladi," - degandi u o‘shanda.

Kiritildi: 16:28 09.05.2025. O'qildi: 1138 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!