Bugun 20 aprel, 2026 yil, dushanba

КИР

Putin bilan Alyaskadagi uchrashuvning muvaffaqiyatsiz bo‘lishi ehtimoli 25 foizni tashkil etadi

A A A
Putin bilan Alyaskadagi uchrashuvning muvaffaqiyatsiz bo‘lishi ehtimoli 25 foizni tashkil etadi

"Agar mazkur uchrashuv muvaffaqiyatsiz yakunlansa, biz sanksiyalarga murojaat qilamiz", — dedi AQSh prezidenti Donald Tramp.

Donald Trampning boshqa bayonotlari:

◾️ Ukrainadagi urushni to‘xtatish eng qiyin masalalardan biri hisoblanadi;

◾️ Putin men uning hayotida duch kelgan eng murakkab va kuchli raqib ekanligimni yaxshi biladi;

◾️ Alyaskadagi sammitdan so‘ng Putin bilan birgalikda matbuot anjumani o‘tkazishni rejalashtiryapman;

◾️ Alyaskadagi uchrashuvdan keyin Ukraina va Rossiya prezidentlari ishtirokida uch tomonlama sammitni tashkil etish uchun Zelenskiyga qo‘ng‘iroq qilaman. Bunday uchrashuvni o‘tkazish uchun 3 ta ehtimoliy joy ko‘rib chiqilmoqda;

◾️ Menimcha, biz o‘t ochishni to‘xtatishga erisha olmaymiz. Putinning o‘zi bilan chegaralar va yerlar yuzasidan bahs bo‘ladi. Agar uchrashuv muvaffaqiyatsiz o‘tsa, men hech kimga qo‘ng‘iroq qilmayman;

◾️ Putin Ukraina mojarosiga barham berishni xohlaydi, u baribir kelishuvga imzo chekadi.

Kiritildi: 21:45 14.08.2025. O'qildi: 1471 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!