Bugun 17 sentyabr, 2024 yil, seshanba

КИР

Putin BAAga yetib bordi

Putin BAAga yetib bordi

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Abu-Dabiga yetib bordi va u yerda BAA Prezidenti Muhammad bin Zoid Ol Nahayon bilan muzokaralar o‘tkazadi.

Rossiya davlati rahbari yordamchisi Yuriy Ushakovga ko‘ra, uchrashuv delegasiyalar ishtirokida boshlanadi, keyinroq yetakchilar yuzma-yuz muloqotni davom ettiradi.

Abu-Dabidagi ish dasturi yakunlangach, Putin Ar-Riyodga boradi. U yerda valiahd shahzoda, Saudiya Arabistoni Podshohligi Vazirlar kengashi raisi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan muzokaralar o‘tkazishi rejalashtirilgan.

Ushakovning ta’kidlashicha, Rossiya Prezidenti BAA va Saudiya Arabistoniga bunday tashriflar protokoli va an’analarida ko‘rsatilgan sovg‘alar bilan bormoqda.

Putin oxirgi marta Birlashgan Arab Amirliklari va Saudiya Arabistoniga 2019 yil oktyabr oyida tashrif buyurgan edi.

Kiritildi: 16:06 06.12.2023. O'qildi: 2224 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!