Rossiyalik publisist va siyosatshunos Andrey Piontkovskiy Rossiya prezidenti Vladimir Putin atrofidagilar qo‘shinlarni bosib olingan hududlardan olib chiqishni o‘ylayotganini aytdi. Bu haqda u Espresso nashriga xabar berdi.
Siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi uzoqqa cho‘zilmaydi.
“Uzoq urush degan tushuncha bo‘lishi mumkin emas. Bugungi kunda aviasiya va ATACMS raketalarisiz ham frontdagi vaziyat Ukraina tomoni uchun juda muvaffaqiyatli rivojlanmoqda. Endi ikki yuzta F- 12 va ATACMS bo‘lsa, vaziyat qanday bo‘lishini tasavvur qiling.
Qaysi uzoq urush haqida gap ketmoqda? Bularning barchasi Ozarbayjonning Qorabog‘dagi aksilterror operasiyasi bilan bir xil vaqt oralig‘ida yakunlangan bo‘lardi. Mazkur voqelik bilan endi Putin atrofidagi odamlar to‘qnash keldi”, — deya ta’kidladi siyosatshunos.
U Gitler atrofida o‘z hokimiyatini saqlab qolish uchun amerikaliklar bilan tinchlikka erishmoqchi bo‘lgan odamlar bo‘lganini esladi. Ekspert xuddi shunday vaziyatni Kremlga nisbatan ham ko‘rishini aytdi.
Putinning “gimmlerlari” aynan shu haqda o‘ylamoqda. Ular hozir faqat bir narsa: urushda mag‘lub bo‘layotgan Rossiyada hokimiyatni qanday saqlab qolish haqida qayg‘urmoqda. Ular hokimiyatni bir yo‘l bilan saqlab qolishi mumkin — Putindan qutulish va G‘arb hamda Ukrainaga rus qo‘shinlarining bosib olingan hududlardan olib chiqilishi bo‘yicha xizmatlarini taklif qilish.
Shu bois Putin va uning rejimi uchun bu ulkan psixologik tahdidning amalga oshishini uzoq kutishimiz shart emas. Bu bahorga qaraganda ancha oldinroq amalga oshirish mumkin, — dedi Piontkovskiy.
Uning so‘zlariga ko‘ra, agar Ukraina armiyasi Baxmut yoki Tokmakni bir yoki ikki hafta ichida qo‘lga olsa, bu Putinning xavfsizlik elitasida portlashga olib kelishi mumkin.