Armanistonning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish istagi uning xalqining qonuniy huquqi, ammo bu yo‘nalish mamlakatning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga (EOII) a’zoligini davom ettirish uchun qiyinchiliklar tug‘diradi, deb ta’kidladi Rossiya prezidenti Vladimir Putin.
Putin bu bayonotni Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT) sammiti doirasida Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan bilan uchrashuvda aytdi.
"Armanistonning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish istagi mamlakat va uning xalqining tabiiy, qonuniy huquqidir. Armaniston suveren davlatdir. Arman xalqi uning rivojlanish yo‘nalishini belgilaydi. Ammo bu uning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zoligi uchun qiyinchiliklar tug‘diradi", dedi Putin.
U Yerevanning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish niyatini Pashinyan bilan bir necha bor muhokama qilganini ta’kidladi.
Uchrashuv davomida Putin shuningdek, Pashinyanning Armaniston YEOIIdan chiqishini e’lon qilmaganligi haqidagi pozisiyasiga qo‘shilmadi.
"Siz chiqishingizni e’lon qilmaganingizni aytdingiz", dedi Putin Pashinyanga murojaat qilib.
"Armanistonning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish istagi mamlakat va uning xalqining tabiiy, qonuniy huquqidir. Armaniston suveren davlatdir. Arman xalqi uning rivojlanish yo‘nalishini belgilaydi. Ammo bu uning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zoligi uchun qiyinchiliklar tug‘diradi. Rossiya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Armanistonning boshqa iqtisodiy tashkilotga qo‘shilish jarayonini boshlaydigan qonunni qabul qilishi, aslida, YEOIIdan chiqish to‘g‘risidagi deklarasiyaga teng, chunki ikkala tashkilotga bir vaqtning o‘zida a’zo bo‘lish mumkin emas.
"Boshqa iqtisodiy tashkilotga qo‘shilish jarayonini boshlaydigan qonunni qabul qilish, aslida, biznikidan chiqish to‘g‘risidagi deklarasiyaga teng. Chunki ikkalasiga ham a’zolik mos kelmaydi. Muammo shunda", deb ta’kidladi Putin.