Bugun 18 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Putin 11 oktyabr kuni Turkmanistonga boradi

A A A
Putin 11 oktyabr kuni Turkmanistonga boradi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 11 oktyabr kuni Turkmanistonga amaliy tashrif bilan boradi. Bu haqda uning yordamchisi Yuriy Ushakov ma’lum qildi.

11 oktyabr kuni prezident Turkmaniston rahbarining taklifiga binoan amaliy tashrif bilan Ashxobodda bo‘ladi. Vladimir Vladimirovich Putin turkman shoiri va mutafakkiri Maxtumquli Firog‘iy tavalludining 300 yilligiga bag‘ishlangan “Davrlar va sivilizasiyalar aloqasi — tinchlik va taraqqiyot asosi” xalqaro forumida ishtirok etadi, deydi Ushakov.

Ta’kidlanishicha, forumga Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Mo‘g‘uliston, Tojikiston va O‘zbekiston yetakchilari ham tashrif buyuradi.

Turkmaniston hukumati mazkur tadbir “keng qamrovli va o‘zaro hurmatga asoslangan xalqaro muloqot o‘rnatish uchun siyosiy va ma’naviy platforma” bo‘lishini kutmoqda.

Yuriy Ushakov forum doirasida plenar majlis va rasmiy tushlik o‘tkazilishini aytdi. Shuningdek, Putin Ashxobodda ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazishi mumkin.

Kiritildi: 10:09 08.10.2024. O'qildi: 1085 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!