Bugun 15 yanvar, 2025 yil, chorshanba

КИР

Pullarini ko‘paytirib berishini aytib fuqaroning 50 mln so‘mini o‘zlashtirgan yigitcha qo‘lga olindi

Pullarini ko‘paytirib berishini aytib fuqaroning 50 mln so‘mini o‘zlashtirgan yigitcha qo‘lga olindi

Menga sponsor bo‘lsangiz pullaringizni 5 baravar ko‘paytirib beraman deb fuqaroning 50 mln so‘m pullarini o‘zlashtirgan yigitcha qo‘lga olindi.
——
Qashqadaryo viloyatida yashovchi M.O. ariza bilan murojaat qilib, 50 mln so‘m pullari noma’lum shaxs tomonidan firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirilganligini ma’lum qilgan.

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Xorazm viloyatida yashovchi O.M. sodir etganligi aniqlangan.

Gumonlanuvchi sifatida tergov organlariga jalb etilgan O.M., jabrlanuvchi M.O.ga telegram messenjeridagi “Dreid fruits” kanali orqali yozib, unga quritilgan mevalarni eksport qilish uchun homiylik qilsa, yaxshi foyda ko‘rish mumkinligini, foydadan har 10 kunda unga 2 foiz miqdorda plastik kartasiga pul tashlab berishini aytib, uni aldab, 50 mln so‘m miqdoridagi pullarni o‘tkazib olib, so‘ng o‘zining ehtiyojlariga pullarni sarflab yuborganligi ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan K.I.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi "g" bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Kiritildi: 13:04 08.08.2024. O'qildi: 814 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!