Joriy yilning 8 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligida Vazir general-leytenant Po‘lat Bobojonov bilan Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muhtor Elchisi Yuy Szyun janoblari o‘rtasida ehtirom uchrashuvi tashkil etildi.
Tadbir davomida tomonlar ikki tomonlama hamkorlik masalalarini xususan, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan Xitoy Xalq Respublikasi Jamoat xavfsizligi vazirligi o‘rtasida 2022-2023 yillarga mo‘ljallangan Hamkorlik dasturida belgilangan tadbirlarning amaliy ijrosi, shuningdek jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida hamkorlikni rivojlantirish istiqbollariga oid masalalarni muhokama qildilar.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha Yuy Szyun janoblari o‘zining O‘zbekistondagi diplomatik missiyasi nomidan O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi va Xitoy Jamoat xavfsizligi vazirligi o‘rtasida hamkorlikni yanada rivojlanishi hamda kengayishi uchun katta hissa qo‘shishga tayyorligini bildirdi.