Bugun 17 mart, 2025 yil, dushanba

КИР

Pul o‘g‘irlagan maymun polisiya tomonidan qo‘lga olindi

Pul o‘g‘irlagan maymun polisiya tomonidan qo‘lga olindi

Peruda polisiya bir nechta uyga zarar yetkazgan g‘ayrioddiy qoidabuzarni qo‘lga oldi. Xodimlar tartibsizlik qilib, pul o‘g‘irlagan qochqin maymunni ushladi. Bu haqda Peru o‘rmon xo‘jaligi va yovvoyi tabiat milliy xizmati xabar berdi.

Ika shahri aholisi polisiyaga murojaat qilib, tomlar, daraxtlar va hatto elektr simlarida sochilib yotgan pullarni ko‘rganini xabar qilishgan. Keyin ma’lum bo‘lishicha, o‘g‘rilik va tartibsizliklarni egasidan qochib ketgan uy maymuni sodir etgan.

Gumonlanuvchi maymun (qora boshli erkak kaputsin) bir nechta uyga kirib, xonalarni ostin-ustun qilgan. Oxir-oqibat “jinoyatchi” qo‘lga olinib, daraxtdan tushirildi.

Voqeani o‘rganish davomida rasmiylar jonivor mahalliy emasligini, balki Amazoniya hududlarida keng tarqalgan turga mansubligini aniqladi. Maymunning belidagi arqon izlari uning uyda boqilganidan dalolat berardi.

Rasmiylarning aytishicha, hayvon haddan tashqari qo‘lga o‘rganib qolgani tufayli polisiya uni yovvoyi tabiatga qo‘yib yuborishga jur’at etmagan. Hozirda maymun Ika shahridagi mahalliy hayvonot bog‘ida saqlanmoqda. Jonivor u yerda qoladimi yoki boshqa qo‘riqxonaga ko‘chiriladimi, hozircha noma’lum.

Kiritildi: 17:24 15.03.2025. O'qildi: 848 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!