Hamkorbank Ijtimoiy tarmoqlarda “Namangandagi bankomat 10 ming so‘m yechib, 50 ming so‘m bermoqda” deb nomlangan xabarga (https://t.me/birjoyda/7065) rasmiy munosabat bildirdi (https://hamkorbank.uz/uz/press-center/news/rasmiy-munosabat_04102021/).
Ma’lum qilinishicha, mazkur holat joriy yilning 27 sentyabr kuni, bankning Namangan mintaqaviy filialiga tegishli 24/7 rejimida o‘z‑o‘ziga xizmat ko‘rsatuvchi ofisda joylashgan bankomatda sodir bo‘lgan.
Ushbu xatolik bankomatdagi 10 000 so‘mlik va 50 000 so‘mlik pul sotish kassetalari almashib qolganligi natijasida yuzaga kelgan. Holat tezkorlik bilan o‘sha kunning o‘zida xatolik aniqlangandan so‘ng 30 daqiqa ichida bartaraf etilgan.