Sobiq jahon chempioni Roy Jons Fedor Yemelyanenko bilan ehtimoliy jang haqida gapirdi.
— Sizga IBA.Pro ringida Yemelyanenko bilan boks qilish qiziqmi?
— Ular menga pul keltirishsin, shunda bunga tayyorman. Men Roy Jonsman. "Men rusman". Menga farqi yo‘q. Agar pul bo‘lsa, men buni qilaman. Men boksni yaxshi ko‘raman.
— Bu janga tayyormisiz?
— Men doim tayyorman. Qachon meni tayyor bo‘lmagan holatda ko‘rgansiz? — dedi Roy Jons Junior.