Bugun 23 sentyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

"PSJ" yana "Barsa"ning asosiy yulduzini olib ketmoqchi

"PSJ" yana "Barsa"ning asosiy yulduzini olib ketmoqchi

"PSJ" hamon "Barselona" vingeri Lamin Yamalga qiziqish bildirmoqda. O‘z vaqtida parijliklar iqtidorli futbolchi uchun 200 million yevro taklif qilishgan, ammo kataloniyaliklar bu kelishuvni rad etishgan.

El Nacional xabariga ko‘ra, "PSJ" hozir 17 yoshli Yamalga bosim o‘tkazmoqda. Klub futbolchining "Barselona" bilan yangi shartnoma imzolamasligini istamoqda.

Parijliklarning rejasi Laminga "Mbappe darajasidagi" mehnat shartnomasini taklif qilish.

Oldinroq, Yamal yozda, 18 yoshga to‘lganda, "Barselona" bilan shartnomasini uzaytirishi haqida ma’lumotlar tarqalgan edi.

Kiritildi: 12:50 19.03.2025. O'qildi: 939 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!