«PSJ» Muhammad Salohga katta shartnoma taklif qildi.
Fransiyalik jurnalist Romen Kolle Goden xabariga ko‘ra, Parij klubi yozda «Liverpul» vingerini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
Fransiya cheipioni 32 yoshli misrlikka haftasiga 500 ming yevro maosh bilan 3 yillik shartnoma taklif qilmoqda.
O‘z navbatida «Liverpul» Saloh bilan kelishuvni 2 yilga uzaytirib, unga haftasiga 400 ming yevro maosh berishga tayyor. Futbolchining amaldagi shartnomasi yozda tugaydi.
Saloh bu mavsumda APLda 18 o‘yinda 17 gol va 13 assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘yib, har ikki ko‘rsatkich bo‘yicha peshqadam bo‘lib turibdi.