Rossiya Federasiyasining Kirov viloyati Kilmez qishlog‘idagi bir qavatli yog‘och uyda sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida 7 kishi halok bo‘ldi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 480 kv.m maydondagi ochiq yonish 46 nafar mutaxassis va 14 dona texnika tomonidan bartaraf etilgan. Voqea joyida boshqarmaning yong‘in sinov laboratoriyasi mutaxassislari ishlamoqda.
Dastlab voqea joyidan ikki kishining jasadi topilgan. Keyinroq vayronalarni tozalash chog‘ida yana to‘rt qurbonning jasadi topilgan. Qayd etilishicha, uch kishi evakuasiya qilingan.
"Inshootlarni demontaj qilish va sug‘orish bo‘yicha ishlar davom etmoqda", - deya ta’kidladi Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi.