Bugun 8 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

"PSJ" o‘z yulduzini "Bavariya"ga qo‘yib yubormayapti

"PSJ" o‘z yulduzini "Bavariya"ga qo‘yib yubormayapti

"PSJ" vingeri Bredli Barkolyaning yozda "Bavariya"ga o‘tishi dargumon.

Myunxenliklar 22 yoshli futbolchini transfer maqsadlaridan biri sifatida belgilab qo‘ygan, biroq kelishuvni amalga oshirish juda qiyin bo‘ladi. Insayder Fabrisio Romanoning yozishicha, "PSJ" Barkolani qo‘yib yubormoqchi emas va unga yangi shartnoma taklif qilishga tayyor. Liga 1 grandi fransiyalikni loyiha uchun muhim shaxs deb hisoblamoqda.

Transfermarkt portali mutaxassislari Bredli Barkolyaning narxini 70 mln yevroga baholamoqda. Futbolchining "PSJ" bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan.

Kiritildi: 09:00 23.06.2025. O'qildi: 563 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!