Bugun 12 iyun, 2025 yil, payshanba

КИР

"PSJ" Ukraina terma jamoasi futbolchisi bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda

"PSJ" Ukraina terma jamoasi futbolchisi bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda

Fransiyaning "PSJ" klubi Ukraina terma jamoasi himoyachisi Ilya Zabarniy transferi bo‘yicha ishlarni davom ettirmoqda. FootMercato jurnalisti Santi Aunaning ijtimoiy tarmoqlarda yozishicha, Liga 1 grandi "Bornmut" bilan muzokaralarni davom ettirmoqda.

Qayd etilishicha, 22 yoshli Zabarniy faqat "PSJ"ga o‘tishni istamoqda. Ukrainalik futbolchi klublar o‘rtasidagi jahon chempionati oldidan bitim yopilishiga umid qilmoqda.

Avvalroq, "PSJ" ukrainalik Zabarniy transferi uchun rossiyalik Matvey Safonov bilan xayrlashishga tayyorligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatining dastlabki o‘yinini "PSJ" 15 iyun, yakshanba kuni "Atletiko"ga qarshi o‘tkazadi.

Kiritildi: 17:09 08.06.2025. O'qildi: 505 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!