Bugun 28 fevral, 2026 yil, shanba

КИР

"PSJ" prezidenti "Real"ning rejalarini puchga chiqaradi

"PSJ" prezidenti "Real"ning rejalarini puchga chiqaradi

«Pari Sen-Jermen» yarim himoyachisi Vitinya Madridning «Real» klubi uchun asosiy transfer maqsadlaridan biri bo‘lib turibdi.

26 yoshli portugaliyalik futbolchining o‘zi «qirollik klubi»ga o‘tish g‘oyasini ijobiy baholamoqda, biroq parijliklar uni osonlikcha qo‘yib yubormoqchi emas. «The Touchline» nashrining xabariga ko‘ra, "PSJ" prezidenti Nosir al-Helayfiy Vitinyani «Real»ga sotishni istamayapti — ayniqsa, Kilian Mbappe bilan bog‘liq shov-shuvli voqeadan so‘ng.

Manbaning qayd etishicha, al-Helayfiy «qaymoqranglilar»ni kuchaytirmaslik uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qiladi. "PSJ"ning yana bir yulduz futbolchisi Madrid jamoasi safiga o‘tishi Parij klubi uchun ham sport, ham ramziy ma’noda mag‘lubiyat sifatida qabul qilinishi mumkin.

Hozirda Vitinyaning transfer qiymati «Transfermarkt» portali tomonidan 110 million yevroga baholanmoqda. Ammo «Real» uni qo‘lga kiritishi uchun bundan ham kattaroq summa — taxminan 150 million yevro atrofida mablag‘ sarflashiga to‘g‘ri kelishi aytilmoqda.

Kiritildi: Bugun 13:48. O'qildi: 233 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!