Bugun 12 mart, 2026 yil, payshanba

КИР

"PSJ" prezidenti Qatarda qoldi. "Chelsi" bilan bahs oldidan u Luis Enrike va Luish Kampush bilan bog‘landi

"PSJ" prezidenti Qatarda qoldi. "Chelsi" bilan bahs oldidan u Luis Enrike va Luish Kampush bilan bog‘landi

"PSJ" prezidenti Nasser al-Xelayfiy Chempionlar Ligasi doirasidagi "Chelsi"ga qarshi o‘yinda ishtirok etmaydi. Jurnalist Fabris Xokinsning xabar berishicha, al-Xelayfiy mintaqadagi vaziyat tufayli Qatarda qolishga qaror qilgan. Shu bilan birga, Parij klubi rahbari bosh murabbiy Luis Enrike va sport maslahatchisi Luish Kampush bilan suhbatlashgan.

Ma’lumki, mintaqadagi harbiy harakatlar Qatarga ham o‘z ta’sirini o‘tkazdi. Bu to‘qnashuvlar AQShning Eronga qarshi harbiy operasiyasi boshlanganidan keyin yuzaga keldi.

"PSJ" va "Chelsi" jamoalari o‘rtasidagi Chempionlar Ligasi 1/8 finalining dastlabki o‘yini Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da boshlanadi.

Kiritildi: 23:43 11.03.2026. O'qildi: 288 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!