Bugun 3 iyul, 2025 yil, payshanba

КИР

"PSJ" Messini "jazoladi"

"PSJ" Messini "jazoladi"

Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatining 1/8 finalida "PSJ" va "Inter Mayami" jamoalari o‘zaro bahs olib bordi. Argentinalik yulduz Lionel Messi uchun bu sobiq jamoaga qarshi faoliyatidagi ilk uchrashuv bo‘ldi. Messi o‘zini ko‘rsatishga harakat qildi, ammo klassdagi farq juda katta edi. "PSJ" 4:0 hisobida g‘alaba qozondi, barcha gollar tanaffusga qadar urildi.

Shu tariqa sobiq jamoa Messini "xiyonat" uchun jazoladi. "PSJ"dan ketganidan so‘ng, Lionel Parijdagi ikki yil davomida o‘zini baxtsiz his qilganini bir necha bor aytgandi.

Lionel Messining "Inter Mayami" bilan amaldagi shartnomasi 2025 yil oxirigacha mo‘ljallangan. Bir necha kun avval sakkiz karra "Oltin to‘p" sohibi 38 yoshini nishonlagan edi.

Kiritildi: 23:40 29.06.2025. O'qildi: 769 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!