Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

"PSJ" Messi bilan hech qachon YECHLni yuta olmasligi va buning sababi aytildi

"PSJ" Messi bilan hech qachon YECHLni yuta olmasligi va buning sababi aytildi

Sobiq futbolchi Jeymi Karrager "PSJ" Chempionlar Ligasi kubogini yuta olmasligini ta’kidladi. Uning fikricha, Lionel Messi umuman futbol o‘ynamayapti. Karrager, shuningdek, Neymar va Kilian Mbappe maydonda bor kuchlarini berishga tayyor emasliklariga sha’ma qildi.

«"PSJ" hech qachon Messi bilan Chempionlar ligasida g‘alaba qozona olmaydi. Chunki Messi shunchaki maydon bo‘ylab sayr qilib yuribdi. Kubok uchun kurashayotgan boshqa jamoalar ro‘yxatida bunday "sayyoh"lar yo‘q. "PSJ"da esa Messidan tashqari yana ikkita shunday "sayyoh" bor”, dedi Karrager CBS jurnalistlariga.

Kiritildi: 12:23 26.11.2021. O'qildi: 3646 marta. Fikrlar soni: 2 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!