"PSJ" darvozaboni Lyuka Shevalye bilan xayrlashish niyatida qolmoqda. Shuningdek, Parij klubi himoyachi Ilya Zabarniy bo‘yicha tushadigan takliflarni ham ko‘rib chiqishi mumkin. Bu haqda jurnalist Romen Molina X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.
24 yoshli Shevalye Matvey Safonov bilan raqobatda asosiy tarkibdagi o‘rnini yo‘qotgan. Shu sababli fransiyalik darvozabon ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish uchun jamoani tark etishni istamoqda.
Shevalye o‘tgan yozda "Lill"dan "PSJ"ga o‘tgan va 2030 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzolagan. Transfermarkt portali uning transfer qiymatini 25 million yevroga baholamoqda.
Zabarniy ham o‘tgan yozda "Bornmut"dan Parij klubiga kelib, 2030 yilgacha shartnoma imzolagan. Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, 23 yoshli ukrainalik himoyachining bozor qiymati 40 million yevroni tashkil etadi.
Zabarniy o‘tgan mavsumda barcha musobaqalar doirasida 37 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urgan.