Bugun 31 may, 2026 yil, yakshanba

КИР

PSJ g‘alabasidan keyin Fransiyada ommaviy tartibsizliklar: qariyb 800 kishi hibsga olindi

PSJ g‘alabasidan keyin Fransiyada ommaviy tartibsizliklar: qariyb 800 kishi hibsga olindi

Fransiyada «Pari Sen-Jermen» klubining Chempionlar ligasi finalidagi g‘alabasidan so‘ng yuz bergan tartibsizliklarda qariyb 800 kishi hibsga olindi, 200 dan ortiq kishi jarohat oldi.

Mamlakat ichki ishlar vaziri Loran Nunez ma’lum qilishicha, jabrlanganlardan sakkiz nafarining ahvoli og‘ir. Tartibsizliklarni bartaraf etish uchun minglab huquq-tartibot xodimlari safarbar qilingan.

Parij markazida muxlislar pirotexnika vositalarini yoqib, gulxanlar tashkil qilgan. Polisiya olomonni tarqatish uchun ko‘zdan yosh chiqaruvchi gaz qo‘llagan.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, tartibsizliklar oqibatida oltita avtomobil, ikki korxona mulki va avtobus bekatiga zarar yetgan. 780 kishi hibsga olingan bo‘lib, ularning 450 nafardan ortig‘i hibsda saqlanmoqda.

Shuningdek, Parij halqa yo‘lidagi voqealar vaqtida bir kishining jasadi topilgani xabar qilindi.

Fransiyalik siyosatchi Marin Le Pen vaziyatni tanqid qilib, mamlakatda futbol klubi g‘alabasi ommaviy tartibsizliklarga sabab bo‘layotganini ta’kidladi.

Ta’kidlanishicha, o‘tgan yili ham «Pari Sen-Jermen»ning Chempionlar ligasidagi g‘alabasidan keyin shunga o‘xshash tartibsizliklar sodir bo‘lib, ikki kishi halok bo‘lgan edi. Bu yil xavfsizlik choralari kuchaytirilganiga qaramay, o‘nlab polisiya xodimlari jarohat oldi.

Kiritildi: Bugun 20:28. O'qildi: 150 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!