"PSJ" 2024/2025 yilgi mavsumda Chempionlar ligasi va ichki maydondagi barcha turnirlarda g‘olib chiqdi. Shunday bo‘lsa-da, Liga 1 grandi keyingi mavsumda ham barcha chempionlikka da’vogarlik qilish uchun tarkibini kuchaytirmoqchi.
Fichajes nashri tarqatgan xabarga ko‘ra parijliklar "Real" hujumchisi Rodrigo bilan shartnoma imzolamoqchi. Manbaga ko‘ra, "PSJ" bosh murabbiyi Luis Enrike klub rahbariyatiga Rodrigoni o‘z jamoasida ko‘rishni istashini aytgan. Parijliklar braziliyalik futbolchi siymosida kuchaytirish uchun ideal o‘yinchini ko‘rishmoqda, chunki "PSJ" hujumida futbolchilar tez-tez pozisiyalarini o‘zgartirishadi. Rodrigo bir necha pozisiyada o‘ynashga qodir.
"Real" Rodrigo uchun taxminan 80 million yevro talab qiladi, ammo "PSJ" narxni pasaytirishga umid qilmoqda.