Bugun 22 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

"PSJ" futbolchisi Qatar klubiga ko‘chib o‘tdi

"PSJ" futbolchisi Qatar klubiga ko‘chib o‘tdi

Presnel Kimpenbe "PSJ"ni tark etdi.

30 yoshli himoyachi Qatar klubi bilan shartnoma imzoladi.

Kimpenbe Parij klubi mahsuloti sanaladi. U 2005 yildan akademiyada mashg‘ulotlarni boshlagan va 2014 yilda asosiy jamoada debyut qilgan.

2023 yil fevral oyida u jiddiy jarohat oldi va deyarli ikki yil o‘tib maydonga qaytdi.

Umumiy hisobda Kimpenbe "PSJ" safida 241 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol urgan va 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan va 31 marotaba sardorlik bog‘ichi bilan maydonga tushgan.

Kiritildi: 23:35 07.09.2025. O'qildi: 866 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!