Bugun 14 avgust, 2026 yil, juma

КИР

«PSJ» «Aston Villa»ni mag‘lub etib, UYEFA Superkubogini qo‘lga kiritdi (Videosharh)

«PSJ» «Aston Villa»ni mag‘lub etib, UYEFA Superkubogini qo‘lga kiritdi (Videosharh)

«PSJ» UYEFA Superkubogi uchun o‘tkazilgan uchrashuvda «Aston Villa»ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Bahs Avstriyaning Zalsburg shahridagi «Red Bull Arena» stadionida bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda hisob 20-daqiqada ochildi. Parijliklar hujumchisi Xvicha Kvarasxeliya raqib darvozasini ishg‘ol qilib, jamoasini oldinga olib chiqdi.

Birinchi bo‘lim yakuniga yaqin «Aston Villa» safida Brayan Madjo javob golini kiritdi. 17 yoshli hujumchi shu tariqa UYEFA Superkubogi tarixida gol urgan eng yosh futbolchiga aylandi.

61-daqiqada «PSJ» vingeri Dezire Due jamoasining ikkinchi golini urdi. Keyinchalik ushbu gol uchrashuvda hal qiluvchi bo‘lib, parijliklarga 2:1 hisobidagi g‘alabani taqdim etdi.

Shu tariqa, «PSJ» ketma-ket ikkinchi yil UYEFA Superkubogi sohibi bo‘ldi.

Kiritildi: 03:33 13.08.2026. O'qildi: 449 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!