Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Psixoonkologiya nima?

Psixoonkologiya nima?

Psixoonkologiya – multidissiplinar yo‘nalish bo‘lib, psixologiya, onkologiya va sosiologiyadan tuzilgan va bugungi kunda onkologiyaning bo‘limi sifatida rivojlanib kelmoqda. Bu yo‘nalish onkologik kasalliklarning bemor ruhiyatiga ta’siri, bemordagi ruhiy buzilishlarning onkologik kasalliklar paydo bo‘lishi va rivojlanishiga ta’sirini o‘rganadi. Shuningdek, kimyoterapiya, nur terapiyasi, plasebo terapiya, nosebo terapiya olayotgan bemorlar ruhiyatini o‘rganadi.

Psixoonkologiyaning tadqiq doirasi saraton kasalligini davolashdan tashqari, bemorning turmush tarzi, kasallikning kelib chiqish sabablari, ruhiy  va ijtimoiy aspektlarni o‘rganishni o‘z ichiga oladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, onkologik kasalliklar bilan og‘rigan bemorlar ko‘pincha komorbid (asosiy kasallikka qo‘shimcha) ruhiy buzilishlardan aziyat chekadi. 10-25% bemorlarda depressiya, 15-28% bemorlarda qo‘zg‘aluvchanlik rivojlanadi. 

Saraton bilan og‘rigan bemorlarda depressiv holat borligi ularning hayotini biroz qisqartiradi. Bu o‘ziga bo‘lgan g‘amxo‘rlikni yo‘qligi bilan bog‘liq. Psixoterapiya bemorlarni davolanishga rag‘batlantiradi. Tekshiruvlarda sut bezi metastatik (tarqalgan) saratonida o‘tkazilgan psixoterapiya bemorlarni hayotini o‘rtacha 18 oyga cho‘zganligi aniqlangan.

Kiritildi: 22:24 11.09.2019. O'qildi: 2861 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!