Raqobat qo‘mitasi suyultirilgan gaz mahsuloti realizasiyasi holati to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumot berdi.
Qayd etiilishicha, propan narxlarini barqarorlashtirishga qaratilgan choralar natijasida birjada o‘rtacha narxlar 9,3 mln so‘mdan 7,8 mln so‘mgacha yoki 18 foizga pasaydi.
2025 yil noyabr dekabr oylari va joriy yilning yanvar oyida propanning birja savdolarida boshlang‘ich narxlarni asossiz oshirish va hajmlarni sun’iy ravishda birja savdolariga chiqarmaslik maqsadida raqobatga zid bo‘lgan muvofiqlashtirilgan harakatlarni amalga oshirish alomatlari yuzasidan 92 import qiluvchi korxonalarga ish qo‘zg‘atildi.
Xususan:
Chakana narxlarni asossiz oshib ketmaslik bo‘yicha yoqilg‘i quyish shoxobchalarda doimiy monitoring amalga oshirilmoqda.