Uning nomi Kasparov, Karpov va Karlson bilan bir qatorda tilga olinishi mumkin.
Shaxmat toji uchun dona surish kamdan-kam sportchilarga nasib etadi. O‘z vaqtida bu sovrinni qadimiy o‘yin tarixida o‘chmas iz qoldirgan Garri Kasparov, Anatoliy Karpov, Magnus Karlson kabi shaxmatchilar yutgan.
Shaxmatda turli davrlar bo‘lgan: sovet shaxmatchilari davri, Kasparov davri, hind yulduzlari porlash davri. Va hozir davom etayotgan Magnus Karlson davrida o‘zbek yigitlar shiddat bilan katta davralarga kirib bormoqda.
Sindarov o‘zbeklarning g‘alabalari sensasiya emas, mantiqiy ekanini isbotlash uchun katta imkon oldida turibdi.